Javohir Sindarov: "Do‘stim Yakubboevga qarshi o‘ynayotganimdan ham xursandman!"

  • 21 noyabr, 12:09
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Javohir Sindarov Jahon kubogi yarim final bahslari oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

Tecno

FIDE Jahon kubogida yarim finalga ikki nafar o‘zbek shaxmatchisi chiqqani siz uchun nimani anglatadi?

"Bizda bo‘lgani kabi, agar mamlakatingiz shaxmatni qo‘llab-quvvatlasa, siz juda yaxshi shaxmat o‘ynashingiz kerak deb o‘ylayman. Chunki bizning davlatimiz biz uchun zarur bo‘lgan hamma sharoitni yaratib beryapti. Rapid va blits jahon chempionati, bu yil Grand Swiss, kuchli davra tizimidagi turnirlar tashkil etildi, kelasi yili Olimpiada bo‘ladi.

Har doim davlat ham, xalq ham bizni qo‘llab-quvvatlaydi. O‘zbek bo‘lganimdan va shu terma jamoa uchun o‘ynayotganimdan juda faxrlanaman. Bizning yigitlar o‘rtasida juda zo‘r muhit bor, munosabatimiz juda yaxshi. Mening fikrimcha, hozir butun O‘zbekiston juda xursand va umid qilamanki, ikkalamiz ham Nomzodlar turniriga chiqamiz. Bu juda katta voqea. Chunki eslasangiz, 2004-yilda Rustam Qosimjonov Jahon kubogi finalida o‘ynagan edi, oradan 21 yil o‘tib yana bir o‘zbek finalda bo‘ladi.

Bu bizning mamlakatimiz haqiqatan ham kuchli shaxmat davlatiga aylanganini ko‘rsatadi. Hozir uch nafar 2700+ reytingli o‘yinchimiz bor – o‘zi ham juda zo‘r natija, deb o‘ylayman.

Albatta, o‘zbek shaxmatchilaridan biri Nomzodlar turniriga chiqishi juda quvonchli holat. Umid qilamanki, ikkalamiz ham yo‘llanma olamiz.

Do‘stim Yakubboevga qarshi o‘ynayotganimdan ham xursandman – u bu erda juda zo‘r o‘yin ko‘rsatyapti. Biz ikkovimiz ham bitta murabbiy – Roman Vidonyak bilan ishlaymiz. Uning o‘zi uchun ham bu eng baxtli lahzalardan biri, deb o‘ylayman. U ham bizdan faxrlanadi, albatta. Murabbiyimga ham, doim yonimda bo‘lgan, meni va boshqa shaxmatchilarimizni qo‘llab-quvvatlaydigan mamlakatimga katta rahmat aytaman. Juda baxtiyorman", - dedi Sindarov.

Eslatib o‘tamiz, yarim final bugun, 21 noyabr, kuni boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!