
JCh-2018da hakamlar uchun smart-soatlar ishlab chiqarildi (foto)
Shveydtsariyaning “Hublot” kompaniyasi 2018 yilda o‘tkaziladigan Jahon chempionatining rasmiy hamkorlaridan biridir, shu sababdan ushbu kompaniya hakamlar uchun yangi rusumli smart-soatlar ishlab chiqardi.
Soatga “The Big Bang Referee 2018 FIFA World Cup Russia” nomi berildi. Ushbu aksessuar “Google”ning “Wear OS” platformasida tuzilgan. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, ushbu soatlarning soni cheklangan bo‘lib, jami 2018 dona ishlab chiqariladi. Har bir qurilmaning narxi – 5300 dollarga teng.
Asosiy xususiyatlaridan shuki, yangi aksessuar uchrashuvlardagi videotakrorlar tizimiga bog‘langan bo‘lib, har bir golni ekranda namoyon etadi. Bu haqida KEDDR nashri xabar bermoqda.
Fikrlar