JCh-2022. AQSh bosh murabbiyi: "Jamoadan faxrlanaman. Ammo natijadan biroz xafa bo‘ldim"

  • 3 dekabr, 2022, 23:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati nimchorak final ilk o‘yinidan o‘rin olgan Niderlandiya - AQSh bahsida evropaliklar 3:1 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida amerikaliklar bosh murabbiyi Gregg Berxalter ishtirok etdi.

"Avvalambor, Niderlandiya termasini keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklaymiz. Bu tarkib, ajoyib yigitlar, yaxshi muhit bilan qisqa vaqt ichida shunday natijaga erishdik. Ammo bugun omad etishmadi. Biz harakat qildik, g‘alaba uchun ter to‘kdik. Afsuski, yakunda mag‘lubiyatga uchradik.

Bu tarkib haqida o‘ylaganingizda, ularning uch yarim yil ichida shu darajaga chiqqanini ko‘rish yoqimli ekanini his qilasiz. Jamoadan faxrlanaman. Ammo natijadan biroz xafa bo‘ldim, albatta", - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!