
JCh-2022. Avstraliya Tunisni engib, jadvalda ikkinchi pog‘onaga chiqib oldi
Qatar mezbonlik qilayotgan Jahon chempionati 2-turidan o‘rin olgan Tunis - Avstraliya uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda nominal mehmonlar kichik 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Uchrashuvda yagona gol Mitchell Dyuk tomonidan kiritildi. Bu gol Avstraliyaga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.
Ayni vaqtda "kengurular yurti" vakillari 3 ochko to‘plab, ikkinchi pog‘onaga chiqib oldi. Tunis hisobida 1 ochko mavjud bo‘lib, terma so‘nggi o‘rindan joy olgan.
Fikrlar