
JCh-2022 ga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan terma jamoalar soni 20 taga etdi
Joriy yil Qatar mezbonligida o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanmani naqd qilgan terma jamoalar soni 20 taga etdi. Bugun tongda Shimoliy Amerika mintaqasidan Kanada terma jamoalari ham mundialda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Quyida bugungacha JCh-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan barcha terma jamoalar ro‘yxati bilan tanishib olishingiz mumkin:
1.Qatar
2.Germaniya
3.Daniya
4.Braziliya
5.Belgiya
6.Frantsiya
7.Xorvatiya
8.Ispaniya
9.Serbiya
10.Angliya
11.Shveytsariya
12.Niderlandiya
13.Argentina
14.Eron
15.Janubiy Koreya
16.Yaponiya
17.Saudiya Arabistoni
18.Ekvador
19.Urugvay
20.Kanada
Eslatib o‘tamiz, JCh-2022 ga qur’a tashlash marosimi 1 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar