
JCh-2022. Jarohatdagi Benzema ham Frantsiya chempion bo‘lsa, medal bilan taqdirlanadi
Jahon chempionati o‘zining avj pallasiga kirib bormoqda. Kecha Frantsiya terma jamoasi guruh bosqichining 2-turi doirasida Daniyani 2:1 hisobida taslim etdi.
Ushbu o‘yinlarda amaldagi "Oltin to‘p" sohibi Karim Benzema ishtirok eta olmayapti. U terma jamoa mashg‘ulotlarida jarohat olgandi.
Biroq ma’lum qilinishicha, agar Frantsiya medallarga sazovor bo‘ladigan taqdirda Benzema ham uni qo‘lga kiritadi. Sababi, Desham qaydnomadan uni chiqarib tashlamagan va o‘rniga boshqa nomzod chaqirmagan.
Bu Karim hamon 26 ta medallar jamlanmasi uchun ro‘yxatda borligini anglatadi.
Fikrlar