
JCh-2022. Kavani Portugaliyaga uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng: "Savollarni bosh murabbiyga bering"
Jahon chempionati guruh bosqich 3-tur doirasida Urugvay terma jamoasi Portugaliyaga mag‘lub bo‘ldi (0:2). Mazkur bahsdan so‘ng janubiy amerikaliklar hujumchisi Edinson Kavani o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Savollarni bosh murabbiy Diego Alonsoga bering. U o‘yinning taktik jihatlari borasida gapirishi lozim. Bu futbol, gohida g‘oyalar amalga oshadi, gohida esa unday emas. U keyingi o‘yinga munosib tayyorgarlik ko‘radi, degan umiddaman.
Mag‘lubiyat alamli bo‘ladi, albatta. Bizda imkon borligini bilamiz. Jahon chempionatida ochko yo‘qotish yaxshi emas. Ammo biz o‘zimizni tiklab olishimiz, nima qilish kerakligini anglashimiz va so‘nggi o‘yinni xuddi final kabi o‘tkazishimiz kerak. Bizda pley-offga chiqish imkoni mavjud va bundan foydalanishimiz kerak", - dedi "Valensiya" klubi futbolchisi.
Ma’lumot o‘rnida, Urugvay mundial guruh bosqichining so‘nggi turida Ganaga qarshi maydonga tushadi. Ikki turdan keyin terma 1 ochko jamg‘arib, “H” guruhida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar