JCh-2022. Mbappe bosh murabbiyning rejalariga qarshi chiqmoqda

  • 28 noyabr, 2022, 13:18
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya yulduzi Kilian Mbappe jamoasining Tunisga qarshi o‘yinida ham o‘zini ko‘rsatmoqchi.

Tecno

"L'Équipe" nashri xabariga ko‘ra, murabbiy uni rotatsiya qilishni istayotganiga qaramay, 23 yoshli hujumchi maydonga tushishni afzal ko‘rmoqda. Taxminlarga qaraganda, Desham guruh bosqichidagi so‘nggi, Tunisga qarshi bellashuvda 6 nafar zaxira futbolchisini asosiy tarkibda o‘yinga tashlamoqchi.

"Uch ranglilar" dastlabki ikki bahsda g‘alaba qozondi va pley-off masalasini muddatidan oldin hal etdi. Ushbu uchrashuvlarda Mbappe 3 ta gol urib, 1 assist muallifiga aylandi.

Tunis - Frantsiya o‘yini 30 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!