
JCh-2022. Messi Niderlandiya bilan o‘yin haqida: "Juda qiyin bo‘ladi"
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi chorak finalda Niderlandiyaga qarshi kechadigan bahs borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Juda qiyin bo‘ladi, shak-shubhasiz. Bizni og‘ir to‘qnashuv kutmoqda.
Raqib to‘pga ko‘proq egalik qilishga harakat qiladi. Buni taxmin qilish qiyin emas. Jahon chempionatining ushbu bosqichidagi har bir bahs oson o‘tmasligi aniq", - dedi futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, chorak final doirasida Argentina Niderlandiyaga qarshi 10 dekabr kuni maydonga tushadi.
Fikrlar