
JCh-2022. Santush: "Ronaldu avval bunday emasdi"
Portugaliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Krishtianu Ronalduning etakchiligi haqida fikr bildirdi.
"Men maydonda sheriklari bilan yaxshi muloqot qiladigan futbolchilarga murabbiylik qilganman. Bundaylar har bir jamoada bor. "Benfika", "Sporting", "Portu" va Gretsiya milliy terma jamoasida haqiqiy etakchilarni boshqarganman.
Barcha o‘yinchilar ham bunday qila olmaydi. Men Krishtianuning yosh yigitligidan bilaman, avval u bunday emasdi. Kiyinish xonasida Pedro Barbosa, Paulo Bento va boshqalar etakchilik qilardi.
Ammo vaqt o‘tishi bilan Ronalduda bu kabi fazilatlar paydo bo‘la boshladi. Eng muhimi, jamoa shu bilan kuchliroq",-dedi Santush.
Fikrlar