
JCh-2022 saralashi. Livan Iroq bilan durang o‘ynadi, Vetnam esa Xitoyni mag‘lub etdi
JCh-2022 saralashining Osiyo mintaqasi 3-raund 8-turida Livan o‘z maydonida Iroq terma jamoasini mehmon qildi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Uchrashuvda gollarni mehmonlar tarkibida Ayman Xusseyn (39-daqiqa) kiritgan bo‘lsa, mezbonlar safida Maxer Sabra (45+2-daqiqa) muvozanatni tikladi.
Guruhning narigi bahsida Xitoy terma jamoasi Vetnam maydoniga safar uyushtirdi. Ushbu o‘yinda mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi va 3-raunddagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi.
Gollar muallifi sifatida mezbonlardan Xo Tan Tay (9-daqiqa), Nguen Tin Lin (16-daqiqa) va Fan Van Dik qayd etilgan bo‘lsa, Chin yurti vakillaridan Syuy Sin 90+7-daqiqada o‘z nomini tabloga yozib qo‘ydi.
Fikrlar