"JCh-2022" saralashi. Osiyo mintaqasida 4-tur uchrashuvlari yakuniga etdi (guruhlardagi vaziyat)

  • 13 oktabr, 2021, 02:39
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyoda "JCh-2022" saralashining 2-bosqich 4-turidan o‘rin  olgan bir qator qiziqarli uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. 

O‘z maydonida Iroqni qabul qilgan Birlashgan Arab Amirliklari 2:2 hisobida durang natija qayd etdi.

33-daqiqada Kanedo BAA termasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Attasning avtogoli va Xosseyning gollari evaziga mehmonlar hisobda oldinga chiqib oldi. Faqatgina baxsning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Ali Ahmad gol urib, amirliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.  



Ushbu turning kutilmagan natijalaridan biri sifatida Suriyaning Livanga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lganini aytsak bo‘ladi. 



Shuningdek, Ummon ham 4-turda Vetnamni 3:1 hisobida mag‘lub etgan holda, mazkur saralash tsiklidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. 



4-tur yakuniga ko‘ra, guruxlardagi holat bilan tanishing

jadval

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!