
JCh-2022. Urugvay Ganani mag‘lub etdi. Biroq jamoaga bitta gol etishmadi
Qatar mezbonlik qilayotgan Jahon chempionati 3-turidan o‘rin olgan Gana - Urugvay uchrashuvi yakuniga etdi. Unda nominal mehmonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.
Ikkala golga ham Arraskaeta mualliflik qildi. Uchrashuvda boshqa gol kiritilmadi.
Ayni vaqtda Urugvay 4 ochko to‘plab, uchinchi pog‘onadan joy olgan. Gana hisobida 3 ochko mavjud bo‘lib, terma 4-o‘rinni band etdi.
Fikrlar