
JCh-2026. O‘zbekiston milliy terma jamoamiz Qatarga qarshi katta ustunlik bilan o‘ynab, yirik hisobda g‘alaba qozondi
Jahon chempionati saralash guruh bosqichining so‘nggi turida mundial yo‘llanmasini hal qilib bo‘lgan O‘zbekiston milliy terma jamoamiz Qatar ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.
Butun to‘qnashuv davomida deyarli raqibning nafas olishiga qo‘ymagan vakillarimiz uchrashuvning 28-daqiqasida hisobni ochdi. O‘yinni asosiy tarkibda boshlagan Aziz Turg‘onboev o‘zining ajoyib kuchli zarbasi bilan to‘pni darvozaga mixlab qo‘ydi. To‘qnashuvning 86-daqiqasida esa jamoamiz sardori hisoblangan Eldor Shomurodov oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi. Unga esa Jamshid Iskandarov assistentlik qildi. Shuningdek, o‘yinning asosiy bo‘lim so‘nggida zaxiradan maydonga tushgan Igor Sergeev tushishi bilanoq uchinchi golga mualliflik qildi.
- World - JCH Saralash Osiyo bosqichi
- 3rd Round

O'zbekiston
- Azizbek Turgunboev 28'
- Igor Sergeev 90'
- Eldor Shomurodov 86'

Fikrlar
Sport yurtimizda rivojlanishda davom etib, sportchilarimiz yuqori marralarni zabt etishda davom etsin!