
"JCh-2026" saralashi. O‘zbekiston - Eron bahsiga qancha muxlis tashrif buyurdi
Osiyo qit’asida 2026 yilgi jahon chempionatining saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston - Eron uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, forslar Ramin va Taremining gollari evaziga oldinga chiqib oldi. Biroq vakillarimiz iroda namoyish etdi va O‘runov hamda Sergeevning gollari hisobiga muvozanatni tikladi. Qayd etish lozim, Igor Sergeev zaxiradan maydonga tushganiga ko‘p bo‘lmasdan tezkor gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Mazkur bahsni ko‘rish uchun "Bunyodkor" stadioniga 32511 nafar muxlis tashrif buyurdi.
Fikrlar