JCh–2026 uchun yangi qoidalar joriy etildi
FIFA 2026 yilg i Jahon chempionati oldidan o‘yinni tezlashtirish va vaqt cho‘zish holatlarini kamaytirish maqsadida bir qator yangi qoidalarni tasdiqladi.
Qoidalarga ko‘ra, bir nechta muhim o‘zgarishlar joriy etilmoqda.
Almashtirilgan futbolchi maydonni tark etish uchun 10 soniya vaqtga ega bo‘ladi. Agar u bundan ko‘proq vaqt sarflasa, uning o‘rniga tushadigan futbolchi maydonga kirish uchun 1 daqiqa kutishiga to‘g‘ri keladi.
Aut uchun 5 soniyalik hisob joriy etiladi. Agar to‘p belgilangan vaqt ichida o‘yinga kiritilmasa, to‘p raqib jamoaga beriladi.
Maydonda tibbiy yordam olgan futbolchi o‘yin qayta boshlanganidan keyin maydonni tark etadi va kamida 1 daqiqa o‘tgachgina yana maydonga qaytishi mumkin.
"VAR" tizimi endilikda ikkinchi sariq kartochka epizodlari va burchak to‘pi bilan bog‘liq qarorlarni ham tekshirishi mumkin, agar hakam aniq xato qilgan bo‘lsa.
Fikrlar