Jek Uilsher: Menga imkon bering!

  • 23 sentabr, 2021, 19:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyalik yarim himoyachisi Jek Uilsher o‘ziga nisbatan takliflar yo‘qligidan umidsizlanmoqda.

Tecno

29 yoshli futbolchi o‘zining jarohatlarga moyil futbolchi degan fikrlarga qo‘shilmasligini aytdi.

"Meni hamisha jarohatga moyil futbolchi sifatida qarashlaridan charchadim. Ammo karantin boshlangan kundan beri men hech qanday jarohat olmadim. Menga imkoniyat bering va men o‘zimni yaxshi holatda ekanligimni isbotlayman! " -  dedi Uilsher.

Uilsher faoliyati davomida “Arsenal”, “Vest Xem”, “Bolton” va “Bornmut” klublarida o‘ynagan. U hozirda erkin agent hisoblanadi.

Jek 2010-2016 yillarda Angliya terma jamoasida harakat qilgan va 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!