
"Jenoa" bilan durangdan so‘ng, "Milan" tarixiy rekordni o‘ziniki qilib oldi
"Milan" Italiya A Seriyasi 12-turida "Jenoa" bilan mehmonda bahs olib bordi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Opta nashri ma’lumotiga ko‘ra, "rossonerilar" milliy birinchilikda 14 o‘yindan buyon raqiblar darvozasiga ikki va undan ortiq gol kiritmoqda. Shu tariqa, "qizil qoralar" 1948 yilda "Torino" o‘rnatgan 13 ta o‘yinli rekordni yangiladi.
Joriy mavsumda "Milan" Italiya chempionati 12-turidan so‘ng 28 ochko bilan 1-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar