
"Jenoa" "Chelsi" futbolchisini sotib olmoqchi
“Chelsi”ning qanot himoyachisi Davide Dzappakosta faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 29 yoshli italiyalik futbolchining xizmatlariga “Jenoa” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Uning transferi esa 5 million evroga baholanmoqda.
Dzappakosta “aristokratlar” safida 2017 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2022 yilning yoziga qadar imzolangan.
Davide o‘tgan mavsumni “Jenoa” safida ijarada o‘tkazgan va A Seriyada 24 ta o‘yinda maydonga tushgan edi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar