"Jenoa" klubi "Yuventus" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 26 iyun, 2021, 13:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" klubi darvozaboni Mattia Perin faoliyatini yana boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Bu haqda calciomercato.com nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, "Jenoa" ushbu posbonni ijaraga olishni rejalashtirgan. Biroq turinliklar bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Perinni jamoada saqlab qolmoqchi. Chunki uni Voytsex Щensniga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Huquqiy jihatdan "Yuve"ga tegishli Mattia Perin oxirgi ikki mavsumni genuyaliklar safida o‘tkazdi. U 2020/2021 yilgi mavsum A Seriyada "Jenoa" safida 32 o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!