
“Jenoa” o‘zgarmoqda. Shomurodov jamoasi yangi transferni e’lon qiladi!
“Jenoa” tarkibni kuchaytirish maqsadida “Renn” hujumkor yarim himoyachisi Mbaye Nyangni Genuyaga olib kelmoqchi.
Futbolchining o‘zi ham “Renn” rahbariyatini qishki transferlar davrida Frantsiya tark etishni istayotgani haqida ogohlantirgan. Klub rahbarlari uning ketishiga qarshi emas.
Nyang o‘tgan ikki mavsum davomida “Renn” tarkibida Frantsiya chempionatida jami 20 ta gol urgandi. Yangi mavsumda to‘qqizta o‘yinda raqiblar darvozasini bir bor nishonga oldi.
26 yoshli futbolchi 2015 yilda “Jenoa”da o‘ynagan va 14 ta bahsda 5 ta gol urgan. Shuningdek, Nyang o‘z faoliyati davomida “Kan”, “Milan”, “Monpele”, “Uotford” va “Torino” sharafini ham himoya qilgan.
Ushbu transfer tez orada rasman e’lon qilinishi kutilmoqda!
Fikrlar