"Jenoa" Shevchenkoni nega iste’foga chiqargani ma’lum qilindi

  • 16 yanvar, 2022, 17:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Jenoa" bosh direktori Yoxannes Shpors ukrainalik mutaxassis Andrey Shevchenkoning bosh murabbiylikdan chetlatilishi sabablarini aytib o‘tdi.

Tecno

"Shevchenko bilan ko‘p gaplashdik, muloqotda muammo bo‘lmadi. Afsuski, "Jenoa" o‘yinida hech qanday yaxshilanish kuzatilmadi va natijalar ham bo‘lmadi. Nihoyat "Fiorentina" bilan o‘ynash uchun kuchimiz etmasligini angladik. Shuning uchun biz tezda qaror qabul qildik, har holda hechdan ko‘ra kech yaxshi. Biz Andrey bilan halol va ochiq munosabatlarda edik”, - dedi Shpors.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 yanvar kuni “Jenoa” Andriy Shevchenko bosh murabbiylikdan ketganini rasman elon qildi. U 2021 yilning noyabridan Genuya klubida ishlab kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!