
Jeparovning jamoasi o‘z maydonida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi
Bugun Eron Pro-Ligasida 13-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Server Jeparov faoliyat olib boradigan "Istiqlol" klubi o‘z maydonida "Gostaresh Fulad Tabriz"ni qabul qildi.
Qiziqarli va keskin kurashlarga boy tarzda kechgan qarama-qarshilikda mezbonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Hamyurtimiz uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.
Eron Pro-Ligasi. 13-tur
"Istiqlol" - "Gostaresh Fulad Tabriz" 2:0.
Fikrlar