Jerar Pike yana bir futbol klubi egasiga aylandi

  • 28 iyul, 2019, 17:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasi va "Barselona" klubi ximoyachisi Jerar Pike "Ximnastik Manresa" jamoasi egasiga aylandi.

Tecno

32 yoshli futbolchi "Ximnastik Manresa" klubining aktsiyalarini sotib oldi. Ta’kidlanishicha, bitim klub direktorlar kengashi a’zolarining 80 foiz ovozi bilan ma’qullangan. Shu bilan birga, Ispaniya terma jamoasi futbolchisi klubning qarzlarini to‘lash uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Futbolchi yanvar oyida "Andorra" nomli klubni ham qo‘lga kiritgan edi. Pike ikkinchi klubni sotib olishidan maqsad, "Ximnastik Manresa" "Andorra"ning filial klubi bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, "Andorra" Kataloniya misoli sifatida, Ispaniyaning beshinchi divizionida qatnashadi.

Jamoa 1942 yili tashkil topgan. 1988/89 yilgi mavsum klub o‘zining eng yaxshi natijasini qayd etgan va Segunda "B"da ikkinchi o‘rinni egallagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!