Jessi Lingard: "Az Alkmar"ni mag‘lub eta olamiz"
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingard Yevropa Ligasi "Astana"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin haqidagi fiklari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bugun ko‘plab futbolchilar o‘z debyutlarini o‘tkazishdi, shuning uchun bu MYu yosh futbolchilari uchun muhim o‘yin bo‘ldi. Biz doimo akademiyaga imkoniyat berishga harakat qilamiz.
O‘yinni yaxshi boshladik, birinchi taymni to‘laqonli nazorat qildik, lekin o‘yinning ikkinchi qismini yaxshi o‘tkaza olmadik.
Bu yerda to‘p surish oson emas. Raqib ko‘tarinki ruhda to‘p surdi. Muhlislar esa ajoyib tarzda ularni qo‘llab-quvvatlashdi.
Guruhda birinchi o‘rinni band etmoqchimiz. Alkmarda uch ochkoni qo‘lga kirita olamiz. Bugun muhit ham noodatiy bo‘ldi, yigitlar bunga moslashishga majbur bo‘lishdi," - deydi Lingard.

Fikrlar