Jeydon Sancho endi boshqa ish qiladi

  • 10 noyabr, 2021, 19:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher yozdi qimmatga olingan Jeydon Sanchoning maydondagi vazifasini o‘zgatiradigan bo‘ldi.

Joriy mavsumda bir necha o‘yinlarni boy bergan norvegiyalik mutaxassis o‘yin taktikasini 3-5-2 sxemasiga o‘tkazadi. Agar jamoa uchta himoyachi bilan o‘ynasa, Aaron Van-Bissaka muammoga duch keladi.

Bu futbolchi himoyada yaxshi o‘ynagani bilan hujum uyushtirishda samarasiz. Shu bois, murabbiylar shtabi hujumkor yarim himoyachi Jeydon Sanchoni qanot himoyachisiga aylantirmoqchi. Shunda Sancho butun qanot bo‘ylab harakat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Ayni paytda murabbiylar shtabi mashg‘ulotlarda Sanchoni yangi pozitsiyasida sinab ko‘rmoqda va uning himoyaviy o‘yin uslubini o‘zlashtirishiga yordam berishyapti.

Bu taktika orqali Sulsher ham qimmatbaho o‘yinchidan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi, ham jamoaning hujumkorligi oshirishga erishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!