
Jimxana bo‘yicha O‘zbekiston Chempionatining yana bir bosqichi yakunlandi
19 iyul kuni O‘zbekiston Milliy Avtomobil va Mototsikl Federatsiyasi 2025-yilgi Jimxana bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Chempionatining 4-bosqichini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.
Musobaqada 12 nafar pilot ishtirok etdi, shu jumladan ikki nafar ayol qatnashchi ham bor edi. Shuningdek, ushbu Chempionat doirasida ilk bor Qozog‘iston Respublikasidan poygachi ishtirok etdi.
Trassada eng yaxshi vaqtni Olim Ahmadjanov kvalifikatsiya yakunlariga ko‘ra qayd etdi — 1:09.860.
Bosqich g‘oliblari:
Aziz Xodjaev - 1-o‘rin
Dilshod Yusupov - 2-o‘rin
Shukur Madraimov - 3-o‘rin
Fikrlar