
Jiru: "Mbappe bilan o‘ynash - shunchaki baxt"
Frantsiyalik hujumchi Olive Jiru terma jamoadagi sherigi Kilian Mbappe bilan maydonda birga harakat qilish haqida fikr bildirdi.
"Dastlabki daqiqalarda uning uzatmalarini golga aylantira olmaganimdan afsusdaman. Gol urishni juda ham qattiq xohlayman.
Hammasi ajoyib, Kilian qaerda bo‘lsam ham menga pas bera oladi. Mbappe bilan o‘ynash - shunchaki baxt",-dedi Jiru "beIN Sports" nashriga.
Ma’lumot uchun, Olive Jahon chempionati nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan Polshaga qarshi bellashuvning 44-daqiqasida aynan Kilian bergan uzatmadan keyin darvozani ishg‘ol etgandi.
Fikrlar