Jiruning super goli "Chelsi"ga "Atletiko" ustidan g‘alaba keltirdi (video)
UEFA Chempionlar ligasining 1/8 final dastlabki bahsi doirasida “Chelsi” “Atletiko”ga qarshi bahs olib bordi.
Pandemiya bilan bog‘liq cheklovlar sabab Budapeshtda o‘tkazilgan ushbu o‘yin taqdirini Olive Jiru (68') tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. Shu tariqa “aristokratlar” 1:0 hisobida zafar quchdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar