Joan Laporta Fatining kelajagi haqida gapirdi

  • 11 fevral, 2023, 14:25
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” futbolchisi Ansu Fati yozda klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar ko‘paymoqda. Kataloniya jamoasi prezidenti Joan Laporta ispaniyalik vinger haqidagi savollarga javob berdi.

Bizga Fatining agenti unga bir qancha klublardan takliflar bor ekanligini aytdi. Ansuni qolishini istayman. U bu erda o‘zini yaxshi his qilmoqda, lekin men kelajakni bashorat qila olmayman”, - dedi Joan Laporta.

Mish-mishlarga ko‘ra, Asnsu Fati kam o‘yin amaliyotidan norozi. Uning ketishi “Barsa” uchun moliyaviy holatni yaxshilanishiga olib kelishi mumkin. Ammo klub prezidenti bunday xabarlarni inkor etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, endilikda Ispan grandi katta transferlar uchun futbolchilarini sotishga majbur emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!