Joan Laporta "Negreyra ishi" bo‘yicha izoh berdi
"Barselona" prezidentligiga nomzod va klubning sobiq rahbari Joan Laporta "Negreyra ishi" yuzasidan fikr bildirdi.
2023 yilda "Barselona" va uning rahbariyatiga Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasida ishlagan, texnik hakamlar qo‘mitasi vitse-prezidenti bo‘lgan Xose Mariya Enrikes Negreyraga to‘lovlar amalga oshirilgani uchun "pora" berish aybi qo‘yilgan edi. Sud 2001 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda klub tomonidan bir necha million yevro to‘langanini jinoiyat deb baholagan.
"Bu hakamlar bo‘yicha maslahat xizmatlari edi, o‘sha paytda bu to‘liq ruxsat etilgan amaliyot hisoblanardi.
Ayrimlarda bu jarayonni sun’iy ravishda cho‘zishga manfaatdorlik bor, garchi bu maqsadga muvofiq bo‘lmasa ham. 72 yil davomida hakamlar rahbariyatida “Real” a’zolari yoki xodimlari bo‘lgan", – dedi Laporta.
Fikrlar