
Jokovich mavsumdagi ikkinchi sovrinini Istburnda qo‘lga kiritdi
26 iyun kuni Buyuk Britaniyaning Isbturn shahrida start olgan ATP turkumidagi turnir bugun o‘z nihoyasiga etdi. Sovrin jamg‘armasi 693 910 evro bo‘lgan turnir finaliga turnirning birinchi raketkasi Novak Jokovich xamda frantsiyalik Gael Monfislar etib kelishdi.
Serbiyalik raketka ustasiga Monfisni mag‘lub etish uchun 1 soat 16 daqiqa etarli bo‘ldi. 6:3, 6:4 hisobida g‘alaba qozongan Jokovich mavsumdagi ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, u ilk bor maysali kortlarda g‘alabaga erishdi(Uimldondan boshqa).
Yana bir e’tiborli jihat shundaki, Monfis Jokovichga qarshi o‘tkazgan 14-o‘yinida ham mag‘lubiyatga uchradi. U shu vaqtga qadar biror marta Novakni mag‘lub eta olmagan.
“AEGON International”. Istburn. Final
Novak Jokovich (Serbiya) – Gael Monfis(Frantsiya) 6:3, 6:4.
Fikrlar