
Jon Jons yangi promoushen haqida o‘ylamoqda!
Og‘ir vazn toifasida UFC chempioni amerikalik Jon Jons greppling va jiu-jitsu janglarini o‘z ichiga olgan ADXC turnirida ishtirok etishi mumkinligiga ishora qildi.
"2026 yilda ADXC da raqobatlashish g‘oyasi o‘tgan hafta oxiridan beri mening xayolimda yuribdi", – deb yozdi Jon ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktyabr oyi oxirida Jons mashg‘ulotlarda jiddiy jarohat olgandi. Qayd etilishicha, tiklanish sakkiz oygacha davom etishi mumkin.
Fikrlar