Jon Terri APL klubini boshqarishi mumkin

  • 09.07.2019 16:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Angliyalik mashhur himoyachi Jon Terri "Nyukasl" klubi bosh murabbiyligi uchun navbatdagi nomzodga aylandi. Bu haqda The Guardian nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qarg‘alar” 38 yoshli mutaxassisni jamoani tark etgan Rafael Benites o‘rniga munosib ko‘rishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Terri murabbiylik faoliyati davomida yakka tartibda biror-bir jamoani boshqarmagan. U hozirda "Aston Villa" bosh murabbiyi Din Smitga assistentlik qilmoqda.

Qayd etish lozimki, Terriga shuningdek "Midlsbro" va "Derbi Kaunti" kabi klublar ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!