
Jo‘rabek Karimov Malayziyada sherigini hafa qildi
Malayziyada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqaning ikkinchi davrasida Jo‘rabek Karimov xitoylik Aoran Vang bilan bahslashdi.
Chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tgan bahsda Jo‘rabek raqibini 6:3, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va keyingi bosqichda AQSh vakili Xeydi Habibga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi
Eslatib o‘tamiz, Jo‘rabek va Aoran bugun musobaqaning juftlik bahslarining yarim finalida yana bir umidli tennischimiz Humoyun Sultonov va qozog‘iztonlik Doniyor Duldaev tandemi bilan raqobatlashadi.
Fikrlar