Joriy mavsum Evropada eng ko‘p tomoshabin tashrif buyurgan stadion qaysi?

  • 13.05.2021 15:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu mavsum Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi uy uchrashuvlarini tomosha qilish uchun stadionga o‘rtacha 18 937 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu joriy mavsum Evropa milliy chempionatlari orasida eng yaxshi ko‘rsatgich hisoblanadi.

Tecno

"Gazprom Arena" bu ko‘rsatgich borasida dunyoda 3-o‘rinni egalladi. Dastlabki ikki o‘rinni AQShning "Atlanta Yunayted" (20 335) va Xitoyning "Guanchjou" (28 059) klublari egalladi.

“Zenit” bu mavsum Rosiiya premer-ligasida muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi. Piterliklar shu orqali o‘z tarixida 7-marta mamlakat chempioni bo‘ldi.

“Zenit” 29 turdan so‘ng 62 ochko bilan RPL musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!