Jorj Sen- Per: "MakGregor aktyorlik qilmadi"

  • 6 fevral, 2024, 20:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

 Ikki divizion bo‘yicha sobiq UFC chempioni Jorj Sen-Per Konor MakGregorning muvaffaqiyati sirini aytib berdi.

Konor butun aralash yakkakurashlar san’atiga katta ta’sir ko‘rsatdi. U sportni ommalashtirishda juda muhim rol o‘ynadi. MakGregor hammaning e’tiborini MMA ga qaratdi va ushbu sportni yangi cho‘qqilarga olib chiqdi. U o‘zidan oldin hech kim qila olmagan ishni qildi. Irlandiyalik bularning barchasiga qanday erishdi? Muxlislarni xursand qilish uchun rol o‘ynash emas, haqiqiy bo‘lish kerak edi. Axir, siz rol o‘ynasangiz, u darhol sezilib qolardi. Konor esa o‘zligini yo‘qotmadi, rol o‘ynamadi”,- dedi JSP

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!