Jorj Sen-Per Habib Nurmagomedov bilan jangi qanday maqomda bo‘lishini aytdi

  • 23 iyul, 2020, 09:34
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFCning ikki divizioni sobiq chempioni Jorj Sen-Per engil vazn toifasidagi chempion Habib Nurmagomedovni eng zo‘r jangchi, deb atadi va u bilan oktagonda to‘qnash kelishga qarshi emasligini bildirdi.

"Meni Habib bilan jang qilish g‘oyasi juda qiziqtiradi. U bilan to‘qnashuvni juda xohlayman. Bu pul masalasi emas. Ha, pul muhim, ammo bu jangda u birinchi o‘rinda emas. Bu shon-sharaf va tarix masalasidir!”,- dedi Sen-Per.

Ma’lumki, Nurmagomedov navbatdagi jangini Jastin Getjiga qarshi o‘tkazilishi kutilmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!