
Jorjino: "Braziliya orzularimni ro‘yobga chiqarish imkonini bermadi"
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi - Jorjino millati va nega Italiya terma jamoasini tanlagani haqida batafsil so‘zlab berdi.
"Italiya terma jamoasi sharafini himoya qilish men uchun ulkan sharaf. Termadan taklif tushganida, ko‘p o‘ylab o‘timadim. Braziliya menga orzularimni amalga oshirish imkonini bermadi. Italiya esa, milliy terma jamoaga to‘p surish imkoniyatini o‘zi taqdim etdi. To‘g‘ri, balki bobom italiyalik bo‘lgani qo‘l kelgandir.Men o‘zimni italiyandek his qilaman. Bu mamlakatni kundan kunga ko‘proq yaxshi ko‘rib qolyapman."
Eslatib o‘tamiz, Jorjino Italiya terma jamoasi safida yakunlangan Evropa chempionatida g‘olib chiqdi. "Chelsi" bilan Evropa chempionlar ligasi oltin medaliga ega bo‘ldi.
Fikrlar