
Jorjino “Oltin to‘p”ni olish imkoniyatlari haqida gapirdi
Londonning "Chelsi" klubi va Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Jorjino bu yilgi "Oltin to‘p"ni yutish imkoniyatlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Har bir inson orzular bilan yashaydi. Ammo, agar biz mahoratli futbolchilar haqida gapiradigan bo‘lsak, men dunyodagi eng zo‘ri emasman.
"Oltin to‘p"ni olishning asosiy mezoni - unvonlarning soni. Bu yil mendan ko‘ra muhimroq sovrinlarni hech kim yutmadi. Ammo haqiqatan ham meni Messi, Ronaldu yoki Neymar bilan taqqoslay olasizmi?”, - dedi italiyalik futbolchi.
Jorjino “Chelsi” safida UEFA Chempionlar ligasi va Italiya terma jamoasi safida Evropa chempionatida g‘olib bo‘ldi. Aytish lozimki, uning jamoadoshi Emerson hisobida ham xuddi shunday sovrinlar bor.
Fikrlar