Joshua Taysonni ringga chaqirdi

  • 17 aprel, 2020, 09:33
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Superog‘ir vazn toifasi bo‘yicha WBA, WBO, IBF va IBO yo‘nalishlari chempioni britaniyalik Entoni Joshua WBC kamariga ega bo‘lgan hamyurti Tayson Fyurini jangga chorladi.

“Agar sen birinchi raqamli ekanligingni isbotlamoqchi bo‘lsang, menga qarshi jang qilishing kerak. Mening uchta kamarim bor, unda bitta. Bizning to‘qnashuvimiz oxir-oqibat barcha to‘rtta kamarni taqishga kim munosibligini aniqlaydi va vazn toifasidagi eng yaxshi bokschi, deb tan olinadi”,- dedi 30 yoshli Joshua.

Ma’lumot uchun, Joshua, 20 iyun kuni Londonda bolgariyalik Kubrat Pulevga qarshi ringga ko‘tarilishi kerak edi. Ammo jang koronavirus pandemiyasi tufayli noma’lum muddatga qoldirildi.Fyuri esa, keyingi jangini 3 oktyabrda Deontey Uaylderga qarshi o‘tkazadi.

Manba: Sky Sports

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!