Julio Sezar 2010 yildagi Chempionlar ligasi finalini esga oldi
Sobiq "Inter" darvozaboni Julio Sezar 2010 yilda "Bavariya"ga qarshi finalda qo‘lga kiritilgan g‘alaba haqida to‘xtaldi.
"Joze Mourino — bizning murabbiyimiz — o‘sha kechada bo‘lgan hamma narsada muhim rol o‘ynadi. U har birimizdan maksimalni olishni bilardi. O‘yin oldidan qilgan nutqi bilan bizga ishonch bag‘ishladi. Biz allaqachon skudetto va Italiya kubogini qo‘lga kiritgan edik va treblga bir qadam qolgandi.
“Inter” 45 yildan beri Evropaning chempioni bo‘lmagan, ammo bu bizga bosim qilmadi.
Diego Milito "Santyago Bernabeu"da ajoyib o‘yin namoyish etdi — bu tarixiy chiqish edi. O‘sha kechada hech kim uxlamadi, g‘alabadan keyinoq bayram boshlandi", — dedi Julio Sezar.



Fikrlar