
Jurnalist jonliy efirda Lukakuni irqchilik bilan haqorat qilgani uchun ishdan bo‘shatildi
Italiyalik jurnalist Luchano Passirani jonliy efirda "Inter" hujumchisi Romelu Lukakuni haqorat qilgani uchun ishdan bo‘shatildi.
"TopCalcio24" kanali jonliy efir paytida jurnalist hujumchi haqida irqchi fikr bildirgan.
"Agar o‘yin paytida siz u bilan yakkama-yakka chiqib qolsangiz, siz shu zahoti o‘lasiz. Omon qolishingiz uchun uni boqishga sizda 10 ta banan bo‘lishi kerak bo‘ladi," - dedi Passirani efir pallasida.
Ushbu so‘zlardan so‘ng, telekanal direktori efirga chiqib, hamkasbi nomidan uzr so‘radi va shuningdek, Passirani endi efirga qo‘yilmasligini aytdi.
Fikrlar