
Juzeppe Marotta Jiru transferi nima sababdan amalga oshmaganligiga izoh berdi
"Inter" sport ishlari bo‘yicha direktori Juzeppe Marotta yanvar oyida "Chelsi" hujumchisi Olive Jiru transferi nima uchun amalga oshmaganligi haqida gapirib o‘tdi.
"Biz haqiqatdan Jiru bilan shartnoma imzolash niyatida edik, biroq "Chelsi" rahbariyati biz bilan muzokaralar o‘tkazishni ham istashmadi. Bunday vaziyatda biron nima qilishingiz qiyin", - deydi Marotta.
Eslatib o‘tamiz, Jiruning transferi uchun qishda "Latsio" va "Inter" klublari jiddiy qiziqish bildirishgan edi, biroq yakunda hujumchi Londonda qoladigan bo‘ldi. Uning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida yakuniga etadi.
Fikrlar