K-1 bo‘yicha ochiq Osiyo chempionatida yakkakurashimiz namoyandalari jang qiladi.

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Poytaxtimizda 20-22 sentyabr kunlari K-1 bo‘yicha ochiq Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur qit’a birinchiligi O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston havaskor hamda professional K-1 federatsiyasi, Sharq yakkakurashlari va jang san’atini rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etilmoqda. Mazkur turnir tarixiga e’tibor qaratsak, dastlabkisi, 2012 yilda aynan yurtimizda bo‘lib o‘tgan. Shu kunga qadar mamlakatimiz ushbu musobaqaga uch bora mezbonlik qilgan.

O‘zbekiston havaskor hamda professional K-1 federatsiyasi prezidenti Jasur Nema’tovning ta’kidlashicha, ochiq Osiyo chempionati havaskor hamda professional yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi. Qolaversa, ushbu turnirda asosan huquqni himoya qilish organlarida faoliyat olib boradigan sportchilar ishtirok etadi. Havaskorlar 20 sentyabrdan jangga kirishadi. Shu kuni chempionatning rasmiy ochilish marosimi ham o‘rin olgan. 22 sentyabr kuni esa professionallar ringga ko‘tariladi.

jasur Profi yo‘nalishda 12 ta jang o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Horijdan 300 dan ortiq mexmonlar kelishi kutilmoqda. Mazkur qit’a chempionatiga bo‘lgan qiziqish yuqori. Chunki, professional yo‘nalishda yurtimizning nomdor jangchilari ringga ko‘tariladi. Jumladan, mutloq jahon chempioni Bobur Hamdamov, yakkakurash turlarining bir nechta yo‘nalishida jahon chempioni, yurtimiz MMA olamining eng mashhur vakili Murod Xonto‘raev, qo‘l jangi bo‘yicha jahon chempionati sovrindori, R-1 yo‘nalishida chempionlik kamari sohibi, qo‘l jangi bo‘yicha ochiq Evropa chempionati g‘olibi Musa Mametovlarni aytib o‘tishimiz mumkin.

Musobaqaga oid qaynoq yangiliklarni biz bilan kuzatishingiz mumkin.

musa

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!