
Kafu: Neymar Messi va Ronaldudan yaxshiroq
Kafuning fikricha, Neymar texnika jihatidan Lionel Messi va Krishtianu Ronaldudan kuchliroq.
“U fenomen. Texnik jihatdan u men so‘nggi 20 yil ichida men ko‘rgan eng yaxshi o‘yinchilardan biri. Bu tomonlama Neymar Messidan, Krishtianu Ronaldudan, de Bryuynedan va boshqa barcha o‘yinchilardan yaxshiroq. U ajoyib qobiliyatlarga ega.
Braziliya terma jamoasi Neymar bilan bir jamoa, usiz esa butunlay boshqacha. U haqiqatan ham o‘zgarishlarni amalga oshiradi", - dedi braziliyalik sobiq himoyachi "TNT SPORTS Brasil"ga.
Fikrlar