Kaka mundial favoritlarini aytdi. Ro‘yxatda kutilmagan terma jamoa bor

  • 9 noyabr, 2022, 22:12
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik sobiq yarim himoyachi Kaka JCh-2022 favoritlari nomini aytdi.

“Men Braziliyani ushbu musobaqa favoriti deb bilaman, chunki ular ancha vaqtdan beri katta loyiha ustida ishlamoqda. Jamoada katta tajribaga ega futbolchilar etarlicha. Ular kerakli paytda jamoaning o‘yinlarini tortib keta oladi. So‘nggi ikki yil ichida Vinisius, Rodrigo, Antoni va boshqa ko‘plab futbolchilar paydo bo‘ldi. Men bir necha oy oldin Bremerni tanimasdim, lekin u hozirda kuchli o‘yin namoyish etmoqda”, - deya yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi "La Gazzetta dello Sport".

Shuningdek, 40 yoshli braziliyalik jahon chempionatida munosib futbol ko‘rsatadigan yana bir qancha jamoalarni qayd etdi.

“Braziliyadan keyin Argentina va Frantsiyani oltin medallar uchun favorit deb bilaman. Qolaversa, Serbiya nomini ayitishim mumkin. Sababi, ularda xavfli futbolchilar bor", - deya qo‘shimcha qildi "Milan"ning sobiq futbolchisi.

Futbol bo‘yicha 2022 yilgi jahon chempionati 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi. Braziliya Serbiya, Shveytsariya va Kamerun bilan bir guruhdan joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!