Kaka: "Neymar Parijda buyuk ishlar qilmoqchi"
Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Kaka vatandoshi Neymarni PSJda baxtli deb hisoblaydi. Yozda Neymarning o‘zi Parij klubini tark etishga harakat qilib ko‘rgan edi.
"Uni Parijda baxtli deb o‘ylayman. Ammo hozirgi vaziyat muhlislar bilan munosabat sabab yomonlashgan. U mavsumda besh o‘yinda to‘rtta gol kiritishga ulgurdi. Bu uni Parijda buyuk ishlarni amalga oshirmoqchiligiga dalil bo‘la oladi," - deydi Kaka.
Neymarning PSJ bilan shartnomasi 2020-yil yozigacha amal qiladi.
Fikrlar