“Kalyari” tarkibni tubdan o‘zgartirdi: Shomurodov...

  • 1 sentabr, 2023, 19:00
  • 0
  • Futbol

A Seriyaga yangi chiqqan “Kalyari” yozgi transferlar oynasi davrida tarkibini yuqori divizionga moslashtirishga harakat qildi. Bosh murabbiy Klaudio Raneri jamoa safiga A Seriyada o‘ynash tajribasiga ega bo‘lgan futbolchilarni transfer qilishga alohida e’tibor qaratdi.

“Kalyari” yozgi transferlar bo‘yicha klubga kelganlar hamda boshqa jamoalarga ketganlar to‘g‘risida rasmiy ma’lumot tarqatdi.

vs__7706_visita_arborea

Unga ko‘ra, sardiniyaliklar tarkibni tubdan yangilaganini ko‘rish mumkin. Transferlarga ixtisoslashgan www.transfermarkt.world saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, jamoaga o‘n bir nafar yangi o‘yinchi olib kelindi va 12 ta futbolchiga boshqa klublarga o‘tkazib yuborildi.

“Kalyari”ning so‘nggi kiruvchi transferi Andrea Petanya bo‘ldi. “Milan” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan va Italiyaning bir necha klublarida to‘p tepgan 28 yoshli forvard “Montsa”dan keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olindi.

Sardiniyaliklar hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Eldor Shomurodovni ham xuddi shu shartlar asosida “Roma”dan ijaraga olgan edi. Legionerimizning ijarasi Klaudio Raneri jamoasiga 1 million evroga tushgan.

Mavsum oxirida “Kalyari” har ikki hujumchini to‘liq transfer qilishi mumkin. Andrea Petanyaning umumiy transfer summasi “Kalyari”ga 8 million evroga tushadi.

Shomurodov biroz qimmatroq turadi. Rimliklar o‘z o‘yinchisini qo‘yib yuborish uchun yana 9 million evro talab qilishi kelishib olingan. Agar bu kelishuv amalda o‘z tasdig‘ini topsa, Shomurodov klub tarixidagi eng qimmatbaho besh futbolchidan biriga aylanadi.

“Kalyari” ijaraga olgan uchinchi o‘yinchi – “Inter” tarbiyalanuvchisi Gaetano Oristanio hisoblanadi. Milanliklar 20 yoshli futbolchidan kelajakda foydalanmoqchi va shu bois, o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi va tajribasini oshirishi uchun Sardiniya klubiga bir mavsumga berib yubordi.

Bir guruh futbolchilar uchun klub xarajat qilishiga to‘g‘ri keldi. Bu yilgi eng qimmat transfer Frantsiyaning “Klermon” jamoasidan olingan polshalik markaziy himoyachi Mateus Viteska hamda SPALdan taklif etilgan italiyalik tayanch yarim himoyachisi Matteo Pratti bo‘ldi. Bu ikki o‘yinchi uchun jamoa g‘aznasidan besh million evrodan pul chiqarildi.

“Verona”ning ganalik tayanch yarim himoyachisi Ibrohim Sulemana transferiga sardiniyaliklar 4 million evro xarajat qildi. Bu o‘yinchining dastlabki turdagi xatti-harakatlari mutaxassislar tomonidan yuqori baholanmoqda.

Qanot himoyachilari – Tomazzo Augello (“Sampdoriya”), Alessandro Di Padro (“Yuventus”), Kristian Travalgini (“Olbiya” Italiya), darvozabon Simone Skuffet (ChFR Ruminiya), chap qanot yarim himoyachisi Yakub Yankto (“Xetafe”) transferlari uchun ham ma’lum miqdorda chiqim qilindi.

“Kalyari” uch futbolchisini A Seriya jamoalariga sotdi. “Torino” o‘ng qanot himoyachisi Raul Bellanova uchun 7 million evro to‘ladi. Darvozabon Alessio Kragno “Montsa”ga 3,6 million evroga tushdi. Polshalik markaziy himoyachi  Sebastyan Valukievichning “Empoli”ga  transferi g‘aznaga bir million evro qo‘shdi.

Klaudio Raneriga kerak bo‘lmay qolgan darvozabon Erdin Lolich va hujumkor futbolchi Vinchentso Milliko erkin agent sifatida klubni butunlay tark etdi. Yana bir guruh o‘yinchilar mahoratini va tajribasini oshirish uchun turli jamoalarga ijaraga berib yuborildi.

Xulosa o‘rnida aytish joizki, Klaudio Raneri tarkibni A Seriyaga moslashtirishni uddalay oldi. Endi bu futbolchilarni bir maqsad sari birlashtirib, jamoani yuqori divizionda saqlab qolish vazifasini bajarishi kerak.

vsp_9783_esu_gruppo

“Kalyari” uchinchi tur uchrashuvini 2 sentyabr kuni safarda “Bolonya” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.

Shomurodovning sobiq ustozi Raneriga Eldordan foydalanish sirini ochdi!

Husanov ham bor! Evropa Chempionlar ligasi oldidan “Lans” himoyachisini tilga olishdi

Endi Shomurodovga yanada qiyin bo‘ladi, sababi...

Legionerimiz gol urdi

Legionerlarimizga aniq shart qo‘yildi

To‘rt futbolchimiz dunyoning eng qimmat ligalarida to‘p tepmoqda!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!