Kamaru Usman chempionlikka da’vogar bo‘lish arafasida va undan bu ma’qomni tortib oladigan faqatgina bitta jangchi bor...

  • 2 sentabr, 2024, 13:46
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

47 yoshli sobiq MMA ustasi Cheyl Sonnenning fikricha, Kamaru Usman(20-4) chempionlik poygasida Shavkat Rahmonov(18-0)dan o‘zib ketishi mumkin.

 “Kamaru Usman chempionlikka da’vogar bo‘lish arafasida va undan bu ma’qomni tortib oladigan faqat bitta jangchi bor. Bu ham bo‘lsa Shavkat Rahmonov. Ular bu vaziyatni hozir hal qilishlari juda muhim. Agar Shavkat Belalni mag‘lub etsa, Kamaru unvondan uzoqlashib ketadi. Shuning uchun u hozirgi paytdan unumli foydalanib, Shavkatdan o‘zib ketishi kerak. Rahmonovga chempionlik imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun biroz ko‘proq narsa kerak. UFC ligasi qanchalik kuchli bo‘lmasin, Belal va Shavkat o‘rtasidagi matbuot anjumaniga tayyor emas.  Shunday ekan, Usman juda qat’iyatli bo‘lishi kerak”, - deya Cheylning so‘zlarini keltirdi MMAJunkie portali.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!